MTRKning 2025-yilga mo‘ljallangan budjeti 1,6 barobarga oshib, 881,3 mlrd so‘mga yetdi. Uning vazifasi odamlar ongida demokratik qadriyatlarni shakllantirish, islohotlarni yoritish va boshqalardan iborat. Mamlakat ichki va tashqi siyosatini xolis yoritish uchun mas’ul bo‘lgan O‘zA budjeti ham ko‘paydi.
O‘zbekistonda 2025-yildan boshlab Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar kuchga kirdi. Asosiy soliq stavkalari saqlanib qoldi, biroq bir qator mahsulotlar uchun aksiz solig‘i va qat’iy belgilangan soliq stavkalari o‘zgardi. Ayrim soliq imtiyozlari bekor qilindi.
2025-yil 1-yanvardan boshlab bino yoki avtomobilni ijaraga beradigan jismoniy shaxslar uchun eng kam ijara stavkalari oshirildi. Xalq deputatlari kengashlari ijara stavkalariga oshiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llashlari mumkin bo‘ladi.
O‘zbekiston Turkmanistondan yuk mashinalarini olib kirish uchun yig‘imlarni 80−100 dollarga oshirdi. Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va Ozarbayjon uchun yuk transportining bo‘lish vaqti bo‘yicha tabaqalashtirilgan tariflar joriy etildi. Eron uchun stavka nolga tenglashtirildi.
2025-yilda O‘zbekistonda budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiya va nafaqalarni inflyatsiyadan past bo‘lmagan darajaga oshirish rejalashtirilmoqda (inflyatsiya prognozi 7 foiz). 2024-yilda ish haqi va pensiyalarni oshirish uchun rejalashtirilganidan kamroq mablag‘ ajratildi.
Budjetnoma loyihasiga ko‘ra, O‘zbekistonda maktab darsliklari ijarasi uchun to‘lovni qaytarish rejalashtirilmoqda (2022-yilda bekor qilingandi). 2−11-sinf o‘quvchilari uchun to‘lov har bir to‘plam uchun 80 ming so‘mni tashkil qilishi mumkin. Bu budjetga yuklamani taxminan 376 mlrd so‘mga kamaytirishi kutilmoqda.
2030-yilgacha O‘zbekiston YIMni 200 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilgan, bu avvalgi (160 mlrd dollar) prognozdan ko‘proq, dedi Iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari. Inflyatsiyani 5 foizgacha pasaytirish maqsadiga 2027-yilda erishilishi kutilmoqda, bu esa Markaziy bank prognozidagidan kechroq.
Prezident 2025-yilgi budjet parametrlarini muhokama qildi. Unda raqamlashtirish, sun’iy intellekt yordamida xarajatlarni optimallashtirish va daromadni oshirish muhimligi aytildi. Eksportni 25 foizga yetkazish, mahalliylashtirish dasturini tasdiqlash reja qilindi. Yangi yilda 78 tuman o‘zini o‘zi qoplashga o‘tadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting